Qirğiziston Markaziy Saylov komissiyasi ma'lum qilişiça, Konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş böyiça referendumda referendum bölib ötdi deb hisoblanişi uçun yetarli sonda saylovçi iştirok etgan.
Bugun Asosiy qonunini özgartiriş böyiça referendumdan taşqari mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar bölib ötmoqda.
MSK ma'lumotiga köra, ovoz berişlar boşlanganidan 8 soatga yaqin vaqt ötganida davomat 30 foizdan oşgan va bu referendum bölib ötdi deb hisoblanişi uçun yetarli böladi.
Bundan oldinroq, Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev odamlar referendumga kelişini sörab, duo qilişini aytib ötgandi.
Bugun 2010 yilda öşa vaqtdagi prezident Kurmanbek Bakiyev tuzumi ağdarilganidan keyin qabul qilingan konstitutsiyani özgartiriş böyiça umumxalq referendumi bölib ötmoqda. Özgartişlar mualliflarining qayd etişlariça, asosiy maqsad hokimiyat organlari örtasidagi özaro muvozanatni ta'minlaş va mamlakatda parlament hokimiyatini mustahkamlaşdan iborat.











