11 dekabr kuni Makedoniyada siyosiy inqiroz fonida navbatdan taşqari parlament saylovlari bölib ötadi. Taxminlarga köra, saylovlar hukmron rejim almaşinuviga olib kelişi mumkin. Bu haqida RIA "Novosti"xabar berdi. 

Teng imkoniyatlarga ega bölgan ikki partiya - hukmron Makedoniya milliy birlik demokratik partiyasi (MMBDP) va muxolifat Makedoniya sotsial-demokratik ittifoq (MSDI) taqdirini uçinçi kuç - Albaniya milliy ozçilik partiyasi hal qilişi mumkin.

Saylovçilarning sönggi röyxatiga Davlat saylov komissiyasi (DSK) qarori bilan ovoz beriş huquqiga ega bölgan 1 784 416 nafar fuqaro kiritilgan. Ulardan 1 531 368 nafari respublika hududida ovoz beradi. 

Mamlakat va Makedoniya diasporasi yetti saylov okrugiga ajratilgan. Ularda ğolib böliş uçun röyxatdan ötgan 11ta blok va harakat da'vogarlik qilmoqda. 

Respublika hududidagi parlament saylovlari mahalliy vaqt bilan soat 7:00dan 19:00gaça bölib ötadi. DSK saylovlar böyiça dastlabki ma'lumotlarni ovoz beriş jarayonidan söng 12 soat içida e'lon qilişi kerak.