Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokioda 2020 yilgi Olimpiada uchun stadion qurilishi boshlandi
Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abe Tokiodagi Milliy stadion uchun ilk g‘ishtni o‘rnatdi. Bu stadion 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarida foydalanilishi rejalashtirilgan.
Bloomberg xabariga ko‘ra, milliy stadion 1964 yilgi Olimpiya o‘yinlari uchun qurilgan stadion o‘rnida barpo etiladi.
Stadion qurilishi uchun 1,5 mlrd dollar sarflanadi va qurilish ishlari 2019 yilning noyabrida yakunlanadi. Ushbu stadionda Olimpiadaning ochilish marosimlari o‘tkaziladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Yaponiya hukumati Olimpiadani o‘tkazish uchun zarur infratuzilmalarni tayyorlash uchun jami bo‘lib 3 trillion iyena (30 mlrd dollarga yaqin) mablag‘ sarflaydi.
Rejaga muvofiq, Tokio ma'muriyati o‘z byudjyeti hisobidan sport obektlari va poytaxtdagi boshqa infratuzilmalar uchun xarajatlarning 25 foizini qoplashi ko‘zda tutilgan. Tokio hududida bo‘lmagan obektlar qurilishi mahalliy ma'muriyatlar yordamida Yaponiya g‘aznasidan to‘lanadi. Yaponiya rasmiylari Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun avvalboshdan 734 milliard iyena (7,2 milliard dollar) sarflashni rejalashtirgan edi.
Ma'lumot uchun, Tokio–2020 Olimpiya o‘yinlari 24 iyul – 9 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Olimpiada tadbirlariga 7,5 milliondan ortiq chipta sotish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
19:40 / 31.05.2026
Tokio ko‘rgazmasida ignadan ip o‘tkaza oladigan robot namoyish etildi
11:26 / 21.05.2026
«Bunyodkor» stadioni ishchilarining oyligi undirib berildi
17:15 / 27.04.2026
Tokioda davlat xizmatchilariga ishda shortik kiyishga ruxsat berildi
22:55 / 26.03.2026