Zamonaviy qiruvçi samolyotlar nafaqat yuqori tezligi, balki manyovrligi, zamonaviy radar tizimlari va aniq qurollari bilan ham baholanadi. Şunga qaramay, qisqa vaqt içida nişonni tutib oliş, xavfli hududdan çiqib ketiş yoki katta masofani bosib ötiş uçun yuqori tezlik muhim ustunlik bölib qolmoqda.

Eng tezkor harbiy samolyotlarning aksariyati Sovuq uruş yillarida AQŞ va SSSR örtasidagi raqobat şaroitida yaratilgan. Ularning ba’zilari hali ham maksimal tezlik böyiça jahonda yetakçilar safida qolmoqda.

1. MiG-25

Maksimal tezligi - soatiga 3 100 kilometr.

Sovet Ittifoqida işlab çiqilgan MiG-25 balandlikda uçuvçi razvedka samolyotlari va strategik bombardimonçilarni tutib qoliş uçun möljallangan. Uning yuqori tezligi ikki kuçli turboreaktiv dvigatel hamda yuqori haroratga çidamli korpus hisobiga ta’minlangan.

MiG-25 Sovuq uruş davrining eng xavfli qiruvçilaridan biri sifatida baholanadi va keyinçalik AQŞning F-15 Eagle samolyotini yaratişga turtki bölgan.


2. MiG-31

Maksimal tezligi - soatiga 3 060 kilometr.

MiG-25 asosida işlab çiqilgan mazkur samolyot yuqori tezlikni saqlab qoliş bilan birga, yanada kuçli radiolokatsiya tizimi va zamonaviy qurollanişga ega böldi. U bir vaqtning özida bir neçta nişonni kuzatiş va ularga zarba beriş imkoniyatiga ega.

MiG-31 hozir ham Rossiya Havo-kosmik kuçlari tarkibida xizmat qilmoqda.


3. F-15 Eagle

Maksimal tezligi - soatiga 2 655 kilometr.

AQŞning F-15 Eagle samolyoti MiG-25ga javob sifatida yaratilgan. U yuqori tezlikni manyovrçanlik bilan uyğunlaştirgan bölib, havoda ustunlikni qölga kiritiş uçun işlab çiqilgan.