Sport | 16:06 / 11.12.2016
8429
1 daqiqa o‘qiladi

Zlatan: «Men payshanba kunlarida futbol o‘ynashga odatlanmaganman»

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Yevropa Ligasining payshanba kuni o‘tkazadigan o‘yinlari APLdagi ishtirokka ta'sir ko‘rsatayotgani haqida gapirdi.

«Bizda dam olish uchun vaqt juda kam. Payshanba kungi o‘yinlar jamoani o‘ldirmoqda, ayniqsa meni.

Men payshanba kunlari futbol o‘ynashga o‘rganmaganman. Endi tiklanishimiz uchun vaqtimiz bir kunga kam.

Ishga qaytib, yakshanba kuni maydonga tushishga tayyorlanishimiz kerak», – deya Ibrahimovichning so‘zlarini keltirgan Daily Mail.

«MYu» payshanba kuni Yevropa Ligasining guruh bosqichida «Zarya»ga qarshi o‘ynadi va 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan holda, keyingi bosqichga chiqqandi. Mankunianliklar bugun «Tottenhem»ni qabul qiladi.

Mavzuga oid