16:16 / 05.03.2017
17805

Ibrahimovichni bosib o‘tgan «Bornmut» futbolchisi: Shu kun kelishini bir umr kutgandim

«Bornmut» himoyachisi Tayron Mingz APLning navbatdagi turi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan o‘yindan keyin o‘yin vaqtida raqiblar hujumchisi Zlatan Ibrahimovich bilan ro‘y bergan ziddiyat haqida so‘zladi.

Ushbu futbolchi o‘yinning birinchi bo‘limida shvetsiyalik hujumchi yiqilib qolganida uning ustidan sakrab o‘ta turib, uning boshini bosib o‘tgandi.

«Bu yaxshi jang bo‘ldi. Ibrahimovichga qarshi jangdan nima kutish mumkin? Men ushbu qarama-qarshilikdan kun bo‘yi rohat oldim.

Zlatanda bo‘y va kuch bo‘lsa bordir, menda ham bor. Biz kuchli qamalga dosh berishimizga to‘g‘ri keldi. Biz bu ishni uddaladik. Men Ibrahimovichning futbolchilik yo‘lini bosib o‘tishini kuzatib keldim va shunday kun kelishini kutardim», – deya Mingzning so‘zlarini keltirgan BBC Sport.

Vaziyatlardan birida Mingz to‘p uchun kurashda Runini yiqitganida, unga qoqilib yiqilgan Zlatan Ibrahimovichni bosib o‘tdi. Ko‘p o‘tmasdan Zlatan Ibrahimovich raqib jarima maydonchasida Mingzning yuziga tirsak bilan zarba berdi. Bu vaziyatda mehmonlar sardori Syurrey yugurib kelib, Zlatan Ibrahimovichni turtib yubordi. Yakunda Ibrahimovich Syurreyning zarbasi tufayli boshi qonaganiga hakamni ishontirdi va uning maydondan chetlatilishiga erishdi. Lekin bu kun Zlatan uchun omadsiz kun bo‘ldi, u ikkinchi bo‘limda 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshira olmadi va o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Top