«Mançester Yunayted» jamoasi hujumçisi Zlatan Ibrahimoviç Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan «Bornmut»ga qarşi öyindagi vaziyatda aybdor deb topildi.

Taşkilot rasmiy saytida ma'lum qilinişiça, futbolçi 3 öyinga diskvalifikatsiya qilingan va unga nisbatan jarima tayinlangan. U öyin vaqtida zöravonlik işlatişda ayblangan.

Öyin vaqtida «Bornmut» himoyaçisi Tayron Mingz Ibrahimoviçning boşini bosib ötgandi. Bunga javoban Zlatan boşqa bir vaziyatda uning yuziga tirsagi bilan zarba bergandi.

Endilikda uşbu şvetsiyalik hujumçi APL doirasida «Sauthempton» va «Midlsbro», şuningdek, Angliya Kubogi doirasida «Çelsi»ga qarşi öyinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.