Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi E-Class tasnifidagi yangi avlod kupesining tizerini namoyiş qildi. Unda modelning taşqi va içki dizayniga oid ayrim jihatlarini köriş mumkin. Avtomobil şu yilning 14 dekabrida töliq namoyiş etilişi kutilayapti. Uning ilk taqdimoti esa, kelasi yilning yanvar oyidagi Detroyt avtoşousida bölib ötadi.
Tizer ortidan Belgiyaning AutoTijd sayti E-Class kupesining rasmiy broşyurasidan olingan suratlarni e'lon qildi. Unda Avantgarde va AMG Line rusumidagi modellarga oid suratlar aks etgan.
Ikki eşikli avtomobil uç xil benzinli motor bilan taklif etiladi: ikkita 2.0 litr hajmli 184 va 245 ot kuçiga ega tört silindrli hamda 3 litrli, 333 ot kuçiga ega olti silindrli motorlar joylanadi. Bundan taşqari, 194 ot kuçiga ega dizel dvigatel ham örnatiladi. Ularning barçasi 9 bosqiçli avtomatik uzatmalar qutisiga ega böladi. V6 motorli ikkita qimmat namunalarida barça ğildiraklari yetakçi böladi.





Uning eng kuçlisi AMG E50 Coupe 4Matic hisoblanadi. Unga 407 ot kuçiga ega 3 litrli V6 dvigatel örnatiladi.












