Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada tojikistonlik erkak rossiyalik politsiyachilarni qonunlarni bilishi bo‘yicha imtihondan o‘tkazdi
Karimjon Yorov Moskva shahri metrosida huquq-tartibot xizmati xodimlarini sinab ko‘rishga qaror qildi. Yo‘lovchi politsiyachilarni xushmuomalalik va federal qonunlarni bilish bo‘yicha testdan o‘tkazdi, deb xabar berdi Layf.
Erkak metro bekatlari bo‘ylab yurib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan suhbatga kirishadi va ularni mobil telefoniga yozib oladi.
Uning savollari hozirgi ish va politsiyachilarning xatti-harakati qonuniyligi bilan bog‘liq. Karimjon Yorovning ta'kidlashicha, muhojirlar huquqi ko‘p hollarda buziladi.
— Noo‘rin xatti-harakatni ko‘rgan barcha bekatlarda suratga olib, ular bilan suhbatlashishga urinib ko‘raman, - deya aytib o‘tdi Karimjon Yorov —O‘zlarini tanishtirishmaydi, asossiz ushlab qolishadi, federal qonunlarni deyarli bilishmaydi, faqatgina boshliqlari nima desa o‘sha narsani bilishadi.
Videoyozuvlardan ko‘rish mumkinki, huquq-tartibot xodimlari bilan so‘zlashuvlar bir necha daqiqa davom etadi. Karimjon har doim bir xil savollar beradi. Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari esa erkakni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishga urinib, o‘zlarini qonun doirasida tutishadi.