Şimoliy Koreya yetakçisining rafiqasi maxfiy tarzda vorisni dunyoga keltirgan bölişi mumkin. Bunday taxmin Britaniyaning The Daily Star naşri tomonidan bildirildi.
Jurnalistlarning taxmini Li Sol Çju sönggi sakkiz oy davomida omma oldida köriniş bermagani bilan boğliqdir.
Naşrning Renxap agentligiga asosan yozişiça, Li Sol Çju öz turmuş örtoği bilan 2013 yilda 22 tadbirda, 2014 – 15, ötgan yili – yettita va joriy yilda esa atigi törtta tadbirda birga bölgan. Uni 5 dekabr kuni qiruvçi samolyotlarning çiqişi vaqtida suratga tuşirişdi. Bu holat uzoq vaqtdan beri ilk marotaba röy bergan. Şimoliy Koreyaning "Nodon sinmun" gazetasida çop etilgan suratlarda Li Sol Çju stol yonida ötirganini köriş mumkin.
Gazetaning ta'kidlaşiça, Kim Çen Inning birinçi farzandi haqida jahon jamoatçiligi tasodifan bilib qoldi. Bu haqdagi ma'lumot MBA sobiq basketbolçisi Dennis Rodmanning oğzidan çiqib ketgan.













