«Real» klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu France Football naşri tomonidan ötkaziladigan «Oltin töp»ni topşiriş marosimida iştirok etmaydi.
The Mirror naşri xabariga köra, bu portugaliyalik futbolçining jamoasi safida klublar örtasidagi jahon çempionatida iştirok etişi bilan boğliq. U jamoasi bilan Yaponiyaga uçib ketgan.
15 dekabr kuni «Real» musobaqa yarim finalida Meksikaning «Amerika» klubiga qarşi maydonga tuşadi. Final bahsi 18 dekabrga belgilangan.
«Oltin töp»ni topşiriş marosimi esa bugun bölib ötadi. Bundan oldingi xabarlarda Ronaldu uşbu mukofotni özi olişi haqida xabardor qilingani aytilgandi.












