Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 11 dekabr kuni mamlakat taşqi qarzlaridan uzilayotgani va ehtimoliy defoltni rad etib, bayonot berdi.

“Masu'liyatimizda bölgan barça qarzlarni töladik, masalan, 20 oy içida 60 milliard dollar qarzimizni berdik. Şu yilning özida 17 millirad dollar qiymatida pul töladik”, — dedi Maduro.

Janubiy Amerikada neft eksport qiluvçi mamlakat hisoblangan Venesueladagi vaziyat tovarlar yetişmasligi, inflyatsiya va davlat daromadlarining tuşib ketişi evaziga juda murakkab holatga kelib qoldi.