Olimlar birinçi marta atmosferaning quyi qatlami bölgan troposferada ammiak izlarini topişdi. Atmospheric Chemistry and Physics jurnalida şu haqida xabar berildi.
Şunisi diqqatga sazovorki, Hindiston va Xitoy uzra ammiakning eng yuqori konsentratsiyasi aniqlangan. Manbaga köra, ammiak çiqindilarining asosiy sababi - çorvaçilik va öğit işlatiş.
Germaniyadagi Karlsrue texnologiya instituti olimlari 2002-2012 yillarda troposferaning turli qismlarida joylaşgan yöldoşlardan olingan ma'lumotlarni tahlil qilib çiqişdi. Tahlil natijalariga köra, ular qişloq xöjalik korxonalari çiqindilari atmosferada aerozollar hosil bölişida sezilarli rol öynaşi mumkinligi haqidagi xulosaga kelişdi.
Aerozollar bulutlar hajmi va ularning quyoş nurini qanday aks ettirişini özgartirişi mumkin. Şu tariqa, ammiak çiqindilari nafaqat mahalliy ekotizimni ifloslantiradi, balki atmosferada joylaşgan bulutlar harakati va yangilarining hosil bölişiga ham ta'sir körsatadi.
Olimlarning taxminlariga köra, troposferada aerozollarning yiğilişi sovutuvçi effektni hosil qilişi mumkin. Tadqiqotçilar olingan ma'lumotlar iqlimdagi özgarişlar natijasida yuzaga kelgan muammolar yeçimini izlaşda aniq iqlimiy modellarni yaratişda yordam berişiga umid qilişmoqda.












