YeI hukumati internet orqali Skype va WhatsApp kabi muloqot qiliş dasturlari va ilova foydalanuvçilarining şaxsiy ma'lumotlari xavfsizligiga tegişli talablarni kuçaytirmoqçi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bergan.

"YeI ijro hukumati ayni damda aloqa operatorlari, internet orqali aloqa xizmatlarini taklif etayotgan kompaniyalarga nisbatan qöllaniluvçi bir qator qoidalarni kengroq tatbiq etiş niyatida", - deya ta'kidlaydi agentlik. Endilikda kompaniyalar foydalanuvçilar muloqoti maxfiyligiga kafolat berişlari kerak böladi. 

Xabarlarga köra, bunday talablar aks etgan ma'lumotlar himoyasi töğrisidagi hujjat 2018 yilda kuçga kiradi.

Bunday holat aloqa bozoridagi teng bölmagan vaziyatdan norozi bölgan telekommunikatsiya kompaniyalari tomonidan murojaatlar bölgaç, yuz berdi.

Agentlik ma'lumotlariga köra, YeI rahbarlik organlariga muhokama uçun takliflar yanvar oyida rasman taqdim etiladi.