Ferrari kompaniyasi Yaponiyada 50 yildan beri bölişi şarafiga J50 oçiq superkarini yaratdi. Atigi ön nusxadan iborat bölgan yangilik 690-kuçlik dvigatel va ötgan yillardagi bir neça modellarning öziga xos jihatlarini qamrab olgan.
Superkar ustida Special Projects bölinmasi va “Ferrari”ning Maranellodagi dizayn-markazi mutaxassislari iş olib bordi. Superkarga 488 Spider modeli asos qilib qolindi, biroq J50 yangi kuzov bilan farqlanib turadi.
Kompaniyada ta'kidlanişiça, yangilik “Ferrari’ning 1970 va 1980 yillardagi sevimli modellarini eslatib turadi”.
J50 karbonli aerodinamik aylana elementlari, 20-dyuymli bolğalangan disklar, butunlay nur diodli optikaga ham ega.
Superkarning oçiluvçi tomi ham karbondan tayyorlangan bölib, ikki qismdan iborat. Yangilik - 3,9-litrli tvin-turbo V8 dvigateliga ega.
Superkar qaysi bozorlarda taqdim etilişi va uning taxminiy qiymati oşkor etilmagan.















