Xalqaro olimlar guruhi Yerning öz tarixidagi eng kuçli muzlaş davrlaridan biri - proterozoydan çiqişi - global kislotali yomğirlar va böronlar bilan kuzatilganini ma'lum qildi. Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida şu mavzuga bağişlangan tadqiqot çop etildi. 

Mutaxassislar Xitoyning janubi-şarqiy Xunan provinsiyasidagi muz qoyalaridan topilgan magniy izotoplarini tahlil qilib, ana şunday xulosaga kelişdi. Olimlar tomonidan örganilgan namunalar taxminan 600 million yil ilgari röy bergan kuçli eroziya izlariga ega bölgan. 

Manbaga köra, toğ jinslari degradatsiyasi suv, karbonat angidrid va kislorod ta'siri ostida röy beruvçi intensiv kimyoviy jarayon natijasida yuzaga kelgan. Mutaxassislarning baholaşiça, sayyoradagi kislotali yomğirlar davri bir neça yuz yil davom etgan va buning natijasida muzlaş davri poyoniga yetgan. 

Olimlarning sözlariga köra, tadqiqot sayyoradagi global soviş qanday qilib global isişga aylanganini izohlaş imkonini beradi.