Microsoft asosçisi, milliarder va saxovatpeşa Bill Geyts AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan suhbati çoğida hayotning turli sohalariga yangilanişlarni kiritişning muhimligi xususida sözlab berdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Agentlikning ta'kidlaşiça, suhbat davomida “göşakning narigi tarafida” iqlim özgarişi bilan kuraşga katta hissa qöşgan, boşqasida esa – bu özgarişni öylab topilgan narsa, deb baholovçi inson bölgan.

Suhbat deyarli ikki hafta avval ötkazilib, sakkiz daqiqa davom etgan.

“Men gapirgan narsalarning eng muhimi bu yangilanişlarni nafaqat energetika, balki tibbiyot va ta'lim jarayoniga ham tatbiq etiş edi. Şuningdek, men bu (şunday texnologiyalarni rivojlantiriş) amerikaning yetakçiligi uçun katta örin tutişini ham aytib ötdim”, - degan Geyts.