Sarvar aka (ism-şariflar özgartirilgan) qizi Nozimani uzatdi. Töy yaxşi ötdi, endi bemalol dam olsa böladi. Xotini Hanifa opa bilan töy taassurotlarini örtoqlaşib ötirganida, rafiqasi unga qizining uyiga olib boriş uçun “qovurdoq” tayyorlaşi lozimligini, buning uçun kartoşka kerakligini aytdi. Sarvar aka öğlini çaqirib, xolasining uyidan kartoşka olib kelişni buyurdi, deb yozadi “Postda” gazetasi.
Doston şoşilgança darvoza tomon yönaldi. Töydagi “ellik-ellik”lardan boşi tars yorilgudek edi, şu bois yölni kafega burdi. Kafeda spirtli içimlik iste'mol qildi-da, yana yölida davom etdi. Xolasining uyiga borsa, poççasi bekorçilikdan zerikib ötirgan ekan, uni narda öynaşga taklif qildi. Allamahalgaça karta, narda öynagan Doston kartoşkani kötargança, uyiga yöl oldi.
Uyiga qaytib, eşik qönğiroğini bosdi. Qönğiroqni bir neça marotaba jiringlatsa-da, heç kim darvozani oçmadi. Bu holatning uning asabini buzdi. Jahli çiqib, darvozani oyoği bilan tepa boşladi. Töy taşvişlaridan çarçab, uxlab qolgan Hanifa opa darvozaning vahimali taqillaşidan uyğonib ketib, hovliga yugurdi.
- Kim u? – deb söradi Hanifa opa hovliqqança.
- Ölib qolganmisizlar? Nimaga darvozani oçmayapsizlar? – baqirdi ğazabdan özini qayerga qöyişni bilmagan Doston.
- Uzr, bolam, uxlab qolib eşitmabman. Yana içib oldingmi? Nimaga yoş joningga rahming kelmaydi-ya?...
Kayfi taroq Doston onasining gapini tuşunadigan ahvolda emasdi, uning nazarida butun dunyo unga qarşi edi.
- Ataylab oçmadingiz... Meni köçada qoldirmoqçimiz hali? Adaşasiz... Men köçada qoladigan bola emasman... – degança onasining qölidan uşlab, tortqilay boşladi.
Hovlidagi şovqin-surondan Sarvar aka ham uyğonib, taşqariga çiqdi. Öğlining onasini qölidan tortqilayotganini körib, jahli çiqdi.
- Özingni bos, Doston! Onanga qöl kötarma, qöyib yubor!
Doston quturgandan quturar, içkilik öz kuçini körsatardi. Öğlini tinçlantira olmagan Sarvar aka oşxonaga yugurdi. Uning közi stol ustida turgan piçoq çarxlanadigan qayroq toşga tuşdi. Öğlining onasiga biron kor-hol yetkazişidan qörqqanidan, toşni kötarib taşqariga yugurdi. Jahl çiqqanda aql qoçar, deganlaridek, u öğlining boşiga qayroq toş bilan urdi.
Boşiga tuşgan zarbdan Doston onasining qölini qöyib yuborib, boşini çangalladi. Vahimaga tuşgan Hanifa opa “jiyanim Sardorni çaqirib kelaman”, deb köçaga otildi.
- Qanaqa bolasan özi? Nega onanga qöl kötaryapsan?
Otasining bu gaplari boşini çangallab ötirgan Dostonni yanada quturtirib yubordi. Endi u sökinib, otasiga hujum qildi. Sarvar aka yana oşxona tomonga yugurdi, ğazabdan özini boşqara olmay, stol ustidagi piçoqni olib, şerday hamla qilayotgan Dostonning kökragiga tört marotaba sançdi...
Doston kökragini çangallagança hovli çetidagi söriga quladi. Şu payt eşikdan jiyanini boşlagança Hanifa opa kirib keldi. Sardor Dostonning ahvolini körgaç, Sarvar akadan unga nima bölganini söradi. Ammo Sarvar aka javob beradigan holda emasdi, qilgan işining oqibatini öylab, dahşatga tuşgandi. Dostonning zörğa nafas olayotganini körgan Sardor uni zudlik bilan şifoxonaga olib ketdi...












