Duşanba kuni Nyu-York aeroportida favqulodda qönişga majbur bölgan Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi samolyoti bortida heç qanday bomba topilmagan. Bu haqda aeroport ma'muriyati xabar berdi.

"Hukumat Jon Kennedi nomidagi aeroportga pöpisa sabab jönatilgan Lufthansa samolyoti bilan holat yuzasidan izoh berdi. Yölovçilar xavfsiz joyga köçirildi... bomba topilmadi", - deyiladi aeroport ma'muriyatining Tvitterda çop etilgan xabarida.

Ma'lumotlarga köra, reysda bölgan barça yölovçilar mehmonxonalarda joylaştirilgan. 

Avvalroq, uşbu samolyot bortida hamyurtimiz Oksana Çusovitina ham bor bölgani haqida xabar bergandik.