“Novosti Taşkenskogo neba” spotterlik kanalining yozişiça, Turkiya osmoni böylab ekipaj parvoz çoğida “7700” javob beriş kodini e’lon qilgan. Bu kod samolyot sahnida avariyaviy yoki boşqa ştatli bölmagan vaziyat sodir bölganini anglatadi. Şundan söng samolyot Merzifon aeroporti yönalişida pastlay boşlagan.

Samolyot Istanbul aeroportidan mahalliy vaqt bilan 16:52 da parvoz qilgan. Samarqandga reja böyiça 23:10 da qönişi kutilayotgandi. Xuddi şu samolyot 27 avgust kuni soat 01:10 da Sankt-Peterburgga parvoz qilişi lozim edi. Endi bu reys ham keçiktiriladi.

Aviakompaniya rasmiy saytida insident borasida biror rasmiy xabar berilmagan.

Qayd etib ötiş kerak, mazkur samolyotning yoşi 17,6 yil bölib, avval Air Berlin Berlin (Germaniya), Belair (Şveytsariya), Interjet (Meksika) kabi aviakompaniyalarda parvoz qilgan. 2021 yilning iyunidan “Qanot Sharq” aviakompaniyasi foydalanmoqda.

“Qanot Sharq” aviakompaniyasi hisobida jami 6 ta samolyot bölib, ularning ikkitasi eskiroq Airbus A320, ikkita yap-yangi Airbus A321 neo samolyotlaridir. Bundan taşqari ikkita Airbus A330-200 samolyotlari “Uzbekistan airways” aviakompaniyasiga lizingga berilgan.

Avvalroq «Aeroflot» aviakompaniyasining Toşkentdan Moskvaga uçgan samolyoti texnik nosozlik tufayli aeroportga qaytgani ma’lum qilingan edi.