Özbekiston gimnastikaçi Oksana Çusovitina Nyu-York aeroportida favqulodda qöngan samolyot yölovçilari orasida bölgan. Bu haqda yetti Olimpiya öyinlari iştirokçisi TASS’ga xabar bergan.

"Parvoz davomida bizga bomba haqida xabar kelib tuşdi, - dedi sportçi. – Biz Nyu-Yorkdan uçib bölgandik va birdaniga ortga qayrilib, deyarli 10 daqiqa içida qaytib qöndik. Biz samolyotni tekşirişgandan söng, yana uçib ketamiz, deb öylagandik. Ammo hammani xavfsiz joyga olib ötib, reysni bekor qilişdi".

"Faqatgina ertaga ertalab parvoz qilişimiz mumkin ekan", - deya qöşimça qilib ötdi Çusovitina.

Avvalroq, Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi samolyoti Nyu-Yorkdagi xalqaro aeroportga favqulodda qöngani haqida xabar bergandik. Xyustondan Frankfurtga yöl olgan reys “telefon orqali portlaş haqida pöpisa qilingaç” favqulodda qöngan.