Rossiya prezidentining yordamçisi Yuriy Uşakov Vladimir Putin Yaponiyaga taşrifi davomida “Kodokan” şarq yakkakuraşlari markaziga ham borişini aytib ötdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
“Kodokan”da körgazmali çiqişlar ötkaziladi.
Ta'kidlanişiça, Putin 2000 yilda u yerda dzyudo taşlaş texnikasini namoyiş etib bergan. Uşakovning aniqlik kiritişiça, RF prezidenti bu safar tatamiga çiqmaydi.
Avvalroq, Rossiya prezidenti “Nippon” telekompaniyasi va “Iomiuri” gazetasiga bergan intervyusida özining Yaponiya va dzyudoga bölgan muhabbati haqida sözlab bergandi.
“Rostini aytsam “Kodokan”ga katta mamnuniyat bilan taşrif buyurgan bölardim. “Kodokan” – dzyudo bilan şuğullanuvçi, dzyudoga mehr qöygan insonlar uçun öziga xos bir joydir. Bu maktabdan juda ham kuçli ustalar yetişib çiqqan”, - deya aytib ötgan Putin.












