Özbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2016 yilning 12 dekabr kuni Qohira şahrida joylaşgan çerkovda sodir etilgan terrorçilik harakati oqibatida köplab insonlarning, ayniqsa begunoh ayollar va bolalarning nobud bölgani va jarohat olgani munosabati bilan Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh As-Sisiyga samimiy ta'ziya izhor etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbari halok bölganlarning oila a'zolari hamda yaqinlariga sabr va bardamlik, jarohatlangan kişilarga şifo ato etişini tilagan.