16:13 / 13.12.2016
13369

Svetlakov Eshak restorani atrofidagi mojaroga izoh berdi

Taniqli rossiyalik latifachi Sergey Svetlakov uning Yekaterinburgda ochilgan Eshak restorani bilan bog‘liq mojarolarga izoh berdi.

Svetlakovning so‘zlariga ko‘ra, restoranining nomlanishi va yoki reklamasi bilan o‘zbeklarni xafa qilish yoxud haqoratlash niyati bo‘lmagan. 

«Agar reklamamizda eshakning surati bo‘lsa, hamda «Ishak» - deb yozilgan bo‘lsa, bundan faqat, ushbu restoran nomlangan eshakning o‘zi xafa bo‘lishi kerak! Restoranimizning barcha reklama mahsulotlari Sharqqa, uning an'ana va qadriyatlari: mehmondo‘stlik, ajoyib ta'm, so‘z va ishlaridagi donishmandlikka katta hurmat bilan tayyorlangan. Mana shu restoran mehmonlariga bizning demoqchi bo‘lganimiz!», – degan Svetlakov «Vedomosti Urala» nashriga bergan intervyusida.

«Shurik yoki Nasriddin afandi sarguzashtlarini eshaksiz tasavvur qila olmayman. Ular so‘nggi nonini shu hayvon bilan baham ko‘rgan... Sobiq sovet hududida Sharq oshxonasini ilgari surishimiz aholining barcha qatlami orasida do‘stlik va tasdiqlash bilan kutib olindi», – deb qayd etgan yumorchi.

Shu bilan birga, artist bu kabi tortishuvlarni «hammayoqqa jar solmasdan» o‘zaro hurmat qilgan holda hal etishga chaqirgan.

«Nima bo‘lgandayam, bizning restoranda bu odamlarni bezatilgan dasturxon va muloyim so‘zlar bilan qarshilashadi. Men boshqa nima ham deyman. Shunchaki, zerikkan odamlar targ‘ibotiga vaqt sarflashni istamayapman», – deb qayd etgan aktyor. 

Bundan avvalroq, «Ural-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati» Obid Turatov Yekaterinburgda ochilayotgan Eshak restorani nomi va reklamasidan hududdagi o‘zbek diasporasi g‘azablanganini bildirgan edi. 

Top