Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amsterdam sudi skiflar oltinini topshirish masalasida qaror chiqardi
Niderlandiyaning Amsterdam shahri sudi skif oltin yodgorliklari to‘plamini Ukrainaga topshirish yuzasidan qaror qabul qildi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi. Ular Qrim yarimoroli Rossiya tarkibiga qabul qilinmasdan avval, Qrim muzeyidan ijaraga olingan.
Agentlikka ko‘ra, mahkama o‘z qarorini qabul qilishda Qrim mamlakat emasligiga jiddiy e'tibor bergan. Shu bilan u san'at asarlariga bo‘lgan huquqini da'vo qila olmaydi. Shunday qilib, qimmatbaho asori-atiqalar Ukrainaga qaytarilgach, uning kimga tegishli ekanini Ukraina sudi hal qiladi.
Skif oltinlari to‘plami 2014 yil fevral oyi boshlarida Qrimdan olib chiqilgan edi. Uni Amsterdamdagi Allard Pirson arxeologiya muzeyidagi ko‘rgazmada namoyish qilishgandi. To‘plamda 2 mingga yaqin, shu jumladan, dunyoda o‘xshashi yo‘q yodgorlik ashyolari bor.
Uzoq davom etgan muzokaralarda, Qrim muzeylari sud orqali Niderlandiyadagi muzey shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishni talab qilib kelishdi. Amsterdam okrug sudi ushbu ishni oktabr oyida ko‘rib chiqdi.
Qrim rahbari Sergey Aksenov o‘z navbatida, agar sud Ukrainaga yonbossa, Qrim respublikasi skif oltinlari to‘plami uchun kurashni davom ettirishini aytgandi.
Mavzuga oid
11:00
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga nisbatan «40 kunlik ta’sir operatsiyasi»ni tasdiqlaganini aytdi
21:40 / 24.06.2026
Belarusdagi retranslyatorlar jim bo‘lib qoldi - Zelenskiy
21:16 / 24.06.2026