Koinot sirlarga to‘la. Yaqinda astronomlar bir sayyorani kashf qilishdi - unda samodan qimmatbaho toshlar yog‘iladi. Tasavvur qilib ko‘ring-a, bu sayyorada yoqut va sapfir kristalli yomg‘ir yog‘adi. RIA "Novosti" tahririyati eng g‘aroyib sayyoralar ro‘yxatini taqdim etdi. 

1. Shisha yomg‘irlar sayyorasi

HD189733b sayyorasi kosmosdan olingan suratlarda Yerga o‘xshab ketadi, biroq aslida u yerdagi sharoitlar havas qilgulik emas - gap shundaki, ushbu sayyorada shisha yomg‘irlar yog‘adi. Uning kobaltsimon rangi katta miqdordagi kremniy zarrachalari natijasidir. Eng yuqori haroratlar ularni shishaga aylantiradi. Shisha yomg‘irlar tezligi soatiga 6500 kilometrga yetishi mumkin. Bundan tashqari, HD 189733b "tovushdan tezkor" hisoblanadi - uning atmosferasida soatiga 8700 kilometr esadigan juda kuchli shamollar hukmron. 

2. Olmos sayyora

PSR J1719−1438 b pulsar sayyora kislorod va kristall ugleroddan iborat. Olimlarning fikricha, uglerod va olmos sayyorada ulkan bosimni hosil qilgan. Astronomlarning taxminiga ko‘ra, qachonlardir ushbu osmon jismi yulduz bo‘lgan, biroq uning massasi katta qismini millisoniyali pulsar "tortib ketgan". Sayyora Yerdan 4 ming yorug‘lik yilgacha uzoqlashgan. 

3. Javohirli yomg‘ir

HAT-P-7 b (Kepler-2b) ekzosayyorasida yoqut va sapfir "tomchili" yomg‘irlar yog‘adi. Olimlarning taxminicha, sayyoradagi bulutlar korunddan (yoqut, sapfir va boshqa qimmatbaho toshlar asosini tashkil qiluvchi mineral) iborat. Sayyora tipik "qaynoq yupiter" - yoritgichga juda yaqin aylanuvchi gaz giganti hisoblanadi. Kepler-2b atmosferasi harorati "quyoshli" tomonda Tselsiy bo‘yicha 2500 darajadan oshadi, "tungi" tomonda esa - taxminan 1300 daraja. 

4. Vulqonli dahshat