Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hisobot: Rossiya va NATO o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuv 2017 yilning asosiy tahdidi
Rossiya va NATO mamlakatlari o‘rtasida harbiy mojaroning paydo bo‘lish ehtimoli 2017 yilning eng asosiy tahdidi bo‘lishi mumkin. Bu haqda, Xalqaro munosabatlar bo‘yicha Amerika kengashining «2017 yildagi ehtimoliy tahdidlarni ko‘rib chiqish» hisobotida so‘z yuritilgan. Hujjat kengash saytida e'lon qilingan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, «yuqori» tahdidlar toifasiga Rossiyaning NATO mamlakatlari bilan «qasddan yoki qasdsiz harbiy mojaro»ga kirishish ehtimoli kiritilgan. Bunga «Rossiyaning Sharqiy Yevropadagi agressiv siyosati sabab bo‘ladi».
Keyingi o‘rinda KXDRda, yadro quroli yoki qit'alararo ballistik raketalar sinovi tufayli yuz berishi mumkin bo‘lgan jiddiy inqiroz qayd etilgan. Shu bilan birga, harbiylar fitnasi va siyosiy beqarorlik ham sabab bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, ro‘yxatga Amerika infratuzilmalarining muhim inshootlariga «yuqori darajadagi vayron qiluvchi kiberxurujlar» ehtimoli ham kiritilgan. Bundan tashqari, AQSh yoki uning ittifoqchilari hududida yirik qurbonlarga olib keluvchi dahshatli qo‘poruvchiliklar bo‘lishi mumkinligi ta'kidlangan. Ularni xorijiy yoki mahalliy terrorchilar amalga oshirishlari mumkin.
Shu bilan birga, Turkiya va kurd isyonchilari o‘rtasidagi ziddiyat va Afg‘onistondagi beqarorlikning kuchayishi kabilar ham tahlilchilar e'tiboridan chetda qolmagan.