Sayyoramiz atmosferasidagi örtaça harorat haddan ziyod tezkorlik bilan kötarilib bormoqda. Issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytiriş bilan bu jarayonni töxtatiş qiyin. Bu haqida Harvard universiteti olimlarining ma'lumotiga asoslanib, Proceedings of the National Academy of Sciences jurnali xabar berdi. Olimlar sayyorani sovutiş uçun aerozollardan foydalanişni taklif qilişmoqda.

2015 yildagi Parij kelişuvi insoniyatning sayyoradagi örtaça harorat oşişini 1,5 darajadan ortişiga yöl qöymaslikni közda tutadi. Biroq ilmiy tadqiqotlar bu maqsadga erişiş uçun karbonat angidrid çiqindilarini deyarli töliq töxtatiş kerakligini körsatmoqda. 

Olimlar global isişni töxtatiş uçun yoruğlik aks ettiruvçi sulfat aerozollarni qöllaşni taklif qilişmoqda. Katta miqdordagi zarraçalar Yer atmosferasini sovutişda yordam beradi. Bunda yagona kamçilik ularning ozon qatlamiga ziyon yetkazişi mumkinligidadir. Biroq olimlar buning ham iqlim özgarişlaridagi muammolarni bartaraf etişi dargumon ekanligini ta'kidlaşmoqda.