Turk politsiyasi Kurdiston işçi partiyasi faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilib 568 kişini hibsga oldi, deb ma'lum qilindi Turkiya içki işlar vazirligida.
Operatsiya 12-13 dekabrda Turkiyaning 28 ta viloyatida, jumladan Anqara, Istanbul, Ğaziantep, Izmir, Adana, Antaliya, Diyorbakirda ötkazilgan. Hibsga olinganlar ijtimoiy tarmoqlar va terrorçilik taşkilotlarini qöllab-quvvatlaş faoliyati orqali terrorçilikni tarğib qilişda ayblanmoqdalar.
12 dekabrda turk OAV Istanbuldagi teraktdan keyin bir neçta viloyatlarda ötkazilgan operatsiyada davomida kurdlarni qöllab-quvvatlovçi Xalqlar demokratiyasi partiyasining 118 nafar faoli hibsga olinganini ma'lum qilgandi.
10 dekabrda Istanbul markazidagi futbol maydoni yonida ikkita kuçli portlaş amalga oşirilgan. Terakt oqibatida 44 kişi, jumladan 38 nafar politsiyaçi halok bölgan. Turkiya hukumati teraktni amalga oşirişda Kurdiston işçi partiyasini ayblagandi. Biroq keyinroq terakt uçun javobgarlikni "Kurdiston erkinligi qirğiylari" kurd radikal guruhi öz zimmasiga olgandi.

















