Qöşma Ştatlar Eronga qarşi sanksiyalarni yana ön yilga uzaytirdi. Associated Press (AP) agentligining xabar berişiça, hujjat payşanba kuni kuçga kiradi.
Amerika qonunçiligiga köra bu vaqtga qadar prezident Barak Obama sanksiyalar muddatini uzaytiriş haqidagi qonun loyihasiga imzo çekişi yoki uni bekor qilişi lozim böladi. "Biroq u heç narsa qilmadi. Şuning uçun hujjat avtomatik tarzda qonunga aylandi", - deb aniqlik kiritgan AP.
Oq uy matbuot kotibi Erik Şults esa AQŞ ma'muriyati "Eronga qarşi sanksiyalar haqidagi qonunni uzaytirişga ehtiyoj yöq, biroq u mamlakat yadro dasturi böyiça kelişuvni "amalga oşirişga halal bermaydi", degan fikrda ekanini ma'lum qildi.
Ma'lumot uçun, qonun AQŞ prezidentiga Eron tomonidan ballistik raketalarni işlab çiqişga aloqadorlarga qarşi sanksiya kiritişga imkon beradi.
Avvalroq, EIR TIV rahbari Muhammad Javad Zarif "Eronga qarşi sanksiyalarni uzaytiriş mamlakat iqtisodiyotiga uçinçi mamlakatlarning investitsiyalariga heç qanday ta'sir körsatmasligini, biroq jahon hamjamiyatiga Qöşma Ştatlar öz majburiyatlariga xilof ravişda iş yuritayotganliklarini körsatib berişini" ma'lum qildi.
Ma'lumot uçun, Venada 2015 yilning 14 iyul kuni Eron yadro dasturi böyiça birgalikdagi özaro yakuniy reja muvofiqlaştirilgandi. BMT, AQŞ va YeI esa 2016 yilning 16 yanvar kuni Eronga nisbatan iqtisodiy va moliyaviy çeklovlarni bekor qildi. Şu bilan bir qatorda, AQŞ prezidentining Islom Respublikasiga qarşi sanksiyalar töğrisidagi farmonlari tölaligiça bekor qilinmagan, balki vaqtinçalik töxtatilgan.












