14 dekabr kuni Parij Eyfel minorasining taşqi yoritqiç çiroqlari Suriyaning Halab şahrini qöllab-quvvatlaş timsoli sifatida öçirildi, deb xabar qilmoqda Independent gazetasi.
Fransiya poytaxti hokimi Ann Idalgoning hikoya qilişiça, uşbu aksiyaning maqsadi xalqaro hamjamiyatni Suriyadagi terrorizmga qarşi kuraş böyiça zudlik bilan çoralar körişga çaqirişdir. Bu yerda harbiy mojaro davrida 400 mingdan ortiq insonning yostiği qurigan.
12 dekabr kuni Suriya armiyasi Halabning 95 foizi ustidan nazorat örnatganini e'lon qilgan va tinç aholi vakillarini köçiriş işlarini boşlagan edi. Biroq, 14 dekabrda şahardagi harbiy harakatlar davom ettirildi. Suriyaning yirik transport va moliya markazi uçun kuraş qariyb 4 yildan buyon davom etmoqda.
Aytiş joizki, Eyfel minorasi çiroqlari birinçi marotaba öçirilayotgani yöq. 2015 yil 8 yanvarida Parijning asosiy diqqatga sazovor binosi çiroqlari Charlie Hebdo tahririyatiga uyuştirilgan hujum oqibatida halok bölgan 12 nafar kişining xotirasiga ham öçirilgan edi.












