«Mançester Siti» boş murabbiyi Xosep Gvardiola APLga töla moslaşib ketişi uçun unga vaqt kerak ekanini ta'kidladi.

«Hattoki, mening kumirim Aleks Fergyusonga ham APLni yutiş uçun vaqt kerak bölgan. «Liverpul», şunday buyuk tarixga ega klub bölib ham, uzoq yillardan buyon çempionatda zafar quça olmayapti. Menga ham vaqt beringlar, yigitlar.

Umid qilamanki, menga bundan keyin ham vaqt beriladi. Dunyoning barça murabbiylari Angliyada qiyinçiliklarga duç keladi, faqatgina Pep emas.

Ha, tan olişimiz kerak, ötgan oy biz uçun yaxşi keçmadi. Bunga bahona izlamoqçi emasman.

Hozirgi vaqtda senda hammasi joyida ketmayotgan bölsa tanqidlarni qabul qilişni örganişing lozim. Ammo, umid qilamanki, siz menga köproq imkoniyat berasiz», – degan Gvardiola.