Ma'lumki, 2017 yil Özbekistonda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilindi. Bu esa har bir şaxsning ehtiyojlari diqqat markazida böladi, har bir murojaat eşitiladi, har bir masala öz yeçimini topadi deganidir.
Mana şunday ajoyib taşabbus munosabati bilan Intersok kompaniyalar guruhi iste'molçilar murojaatini qabul qiluvçi qöllab-quvvatlaş tarmoğini işga tuşiradi. Endilikda, agar sizning «Soçnaya dolina», Pro100 Sok, Viko, Musaffo, ForKids, LeVatti, «Xrustery» brendlari mahsulotlari bilan boğliq savollaringiz, şikoyatlaringiz yoki tilak va takliflaringiz bölsa, u holda siz +99871 113-01-01 raqamiga qönğiroq qilişingiz va ularni kompaniya mutaxassislariga bildirişingiz mumkin.
Intersok vakillarining ta'kidlaşiça, qabul qilingan barça murojaatlar 48 soat içida körib çiqiladi. Bu qönğiroq kelib tuşgan kundan boşlab, köpi bilan ikki kundan keyin muammolar hal etiladi, savollar esa öz javobini topadi demakdir.
Savdo dökonlari, dilerlar va distribyuterlar bilan ham iş olib boradi. Birgina telefon qönğiroği mahsulotni yetkazib beriş yoki savdo vakilining uzoq qolib ketganligi bilan boğliq muammolarni hal qilişga yordam beradi. Kompaniyada savdo vakillari bilan işlaş va umuman hamkorlik jarayonini yaxşilaş böyiça takliflaringiz bajonidil qabul qilinişi ta'kidlanmoqda.
Qöllab-quvvatlaş tarmoği — bu nafaqat muammolarni tez hal qilişning professional yeçimi, balki har bir xaridorning fikrini inobatga olib, sevimli brendlarni iste'molçiga yanada yaqinlaştiriş usulidir.
Reklama huquqi asosida.











