Shavkat Mirziyoyev: Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi o‘ziga yuklatilgan vazifani mutlaqo uddalamayapti

Foto: O‘zA
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida amaldagi kadrlar tizimi faoliyatiga tanqidiy baho bera turib, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi o‘ziga yuklatilgan vazifani mutlaqo uddalamayotganini ta'kidlab o‘tdi.
"Shu o‘rinda aytish kerakki, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi o‘ziga yuklatilgan vazifani mutlaqo uddalamayapti, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Shuning uchun ushbu akademiyani ham, uning ish uslubini ham tubdan o‘zgartirish va rahbar kadrlarini qayta ko‘rib chiqish lozim", dedi prezident.
U ayni vaqtda mahalliy hokimliklarning vazifa va vakolatlarini ham takomillashtirish talabi yuzaga kelganini ta'kidlagan.
"Hududlarni har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish, qonunlar ijrosini ta'minlash, joylardagi davlat boshqaruvi organlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish borasidagi rolini hisobga olib, bugungi kunda mahalliy hokimliklarga qo‘shimcha vakolatlar berish borasida tegishli takliflar tayyorlanmoqda", dedi O‘zbekiston prezidenti.
Ma'lumot uchun, ushbu akademiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 20 avgustdagi 4745-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan davlat boshqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash maqsadida faoliyat olib bormoqda.
Akademiyada 8 ta kafedra mavjud.
Tavsiya etamiz
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti

21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi

09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi

19:48 / 29.04.2024