Faraday Future kompaniyasi Tesla avtomobillariga raqobatçi böladigan özining birinçi modelining yangi tizerlarini çop etdi. Şu bilan birga AQŞ kompaniyasi yangi model çiqadigan sanani tasdiqladi. Maşina 2017 yil 3 yanvarida oşkor qilinadi va söngra Las-Vegasdagi iste'molçilik elektronikasi körgazmasi CES’da ommaviy namoyiş qilinadi.

Kompaniyada modelning kontseptual yoki seriyali varianti namoyiş qilinişi ma'lum qilinmagan. Tizerlarga köra, gap prototip haqida ketmoqda. Suratlarda avtomobilning kuzovi xetçbek va universal örtasidagi körinişni eslatib yuboradi. Avvalroq kompaniyaning ilk maşinasi krossover bölişi taxmin qilingandi.

Şu bilan birga yoruğlik diodli optika elementlarini hamda orqa köriniş oynasi örnini bosuvçi kamerani köriş mumkin. Suratlardan birida avtomobil poli ostida öqlar orasida joylaşgan batareyalar töplamini ham köriş mumkin. 

Avvalroq kompaniya elektrokar videotizerini çop etgandi. Unga köra, Faraday Future yangi maşinani Bentley Bentayga, Ferrari 488 GTB va Tesla Model X modellari bilan dreg-poygada taqqoslagan. Rolikda qisman start olişlar körsatilgan.