Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQŞ kongressi tomonidan yangi sanksiyalar paketiga javoban Eron atom suv osti kemalari va atom kuç qurilmasiga ega harbiy kemalar loyihasini yaratişni boşlaşini e'lon qildi. Biroq bu rejalar loyiha bosqiçida qolib ketadi, deb taxmin qilişga jiddiy asoslar bor, deb ma'lum qilmoqda Popular Mechanics.

Ruhoniy Eron atom energiyasi taşkilotiga harbiy kemalar uçun yadroviy energetik qurilmalar işlab çiqişni buyurdi. Biroq ayni vaqtda yadroviy yonilğida işlovçi kuç qurilmalarini yaratiş bir-ikki yil emas, balki önlab yillar talab qiladi. Şuning uçun atom suv osti kemasini yaratiş bu mavzu bilan umuman notaniş bölgan eronlik olimlarda bir qança vaqt olişi noma'lum. 

Eron harbiy-dengiz floti önlab yillar davom etgan sanksiyalardan keyin juda kiçrayib ketgan va sifati şubha uyğotuvçi kiçkina suv usti kemalaridan taşkil topgan. Eronning eng katta kemalaridan biri Alvand fregati bölib, uning ölçami AQŞning eng kiçkina kemasi LCS’ning çorak qismiça keladi. Bunday kemalar uçun atom reaktori mutlaq kerak emas.

2016 yil oktabrda Eron televideniyesi mamlakat harbiy sanoati muvaffaqiyatlari, jumladan eronliklar tomonidan yaratilgan yangi zarba beruvçi dron Shahed-129 haqidagi rolikni namoyiş qilgan. Bu dron AQŞning qölga tuşirilgan RQ-170 Sentinel droni negizida qurilgan. Videoda Eron tomonidan yaratilgan dronlar va Eron AQŞga texnologiyalarni "bergani" uçun minnatdorçilik bildirilgan plakat bor angar körsatilgan. Angarning bir burçagida Eron tomonidan yaratilgan dronlar, boşqa burçagida esa AQŞ droni bölgan.