Qozoğiston 16 dekabrda mamlakatdagi yagona milliy bayram – Mustaqillik kunini nişonlaydi. Joriy yilda uşbu bayram ayniqsa tantanavor böladi, çunki mustaqil Qozoğiston 25 yilligini nişonlamoqda. 

Şu munosabat bilan 16 va 17 dekabrlar bayram kunlari qilib belgilangan, biroq 17 dekabr şanbaga töğri kelgani sababli, şu kundagi dam oliş kuni 19 dekabrga köçiriladi. Şu tariqa, qozoğistonliklar ketma-ket 4 kun: 16-19 dekabrda dam oladilar.

Aynan 25 yil avval şu kuni, 1991 yil 16 dekabrda Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev "Qozoğiston Respublikasi davlat mustaqilligi töğrisida"gi qonunni imzolagan. Nursulton Nazarboyev öşa yili 1 dekabrda ötkazilgan umumxalq saylovlarida prezident etib saylangan va 10 dekabrda mamlakatga Qozoğiston Respublikasi nomi berilişi haqidagi qonunni imzolagandi. 

Nazarboyev bayram arafasida ötkazilgan tantanali yiğilişdagi nutqida mamlakatning asosiy yutuqlaridan biri sifatida Qozoğistonning mustaqil davlat sifatida şakllanişini, "çunki avval bunday davlat dunyo xaritasida" bölmaganini aytib ötdi. Nazarboyev mamlakat 17 yil davomida iqtisodiyotning uzluksiz ösişini ta'minlab, "Qozoğiston iqtisodiy mö'jizasini" namoyiş qilganini ta'kidlab ötdi. 

"Mustaqil Qozoğiston – muvaffaqiyatli, farovon davlat va bizni butun dunyoda bilişadi, 1991 yilda esa bizning oldimizda davlat, yagona xalq bölişi kerakmi, degan muşkul vaziyat, ikkilaniş bor edi", deb aytdi Nazarboyev. 

Bayram arafasida mamlakatning barça davlat taşkilotlarida tantanali yiğilişlar ötkazildi, köplab davlat xizmatçilariga mukofotlar topşirildi. Ostonada esa içki işlar organlari xodimlarining jasurliklari haqidagi spektakl premerasi bölib ötdi va qiziği, undagi barça rollarni Ostona politsiyasi xodimlari ijro etişdi. 

Bayram tadbirlari Qozoğiston sarhadlaridan taşqarida ham bölib ötdi. Qozoğistonning Rossiya va Vengriyadagi elçixonalarida Qozoğiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan tantanali qabullar ötkazildi, unda mehmonlar qozoq xalqi madaniyati va oşxonasi bilan tanişdilar.    

16 dekabrda Ostonada EKSPO-2017 körgazmasi ötkaziladigan hududda mustaqillikning 25 yilligiga bağişlangan yodgorlik toşi oçiladi. Bu tadbirda Nursulton Nazarboyev iştirok etişi kutilmoqda.

Köplab xorijiy davlatlar rahbarlari Nazarboyevga bayram munosabati bilan tabriklarini jönatmoqda.

Şuningdek, Ostonada Qozoğiston estradasi yulduzlari iştirokida bayram konserti, dronlarda poyga böyiça birinçi Qozoğiston çempionati Drone Racing Kazakhstan bölib ötadi va katta kölamli muşakbozlik uyuştiriladi.