Avval xabar berganimizdek, 2016 yil 15 dekabr kuni xalq deputatlari Toşkent viloyati Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Sessiya işida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi.
Davlatimiz rahbari Toşkent viloyatida sanoat, quriliş, qişloq xöjaligi tarmoqlarida, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş, qişloqlarda zamonaviy uylar barpo etiş, aholi bandligini ta'minlaş borasida, ijtimoiy sohalarda muayyan natijalarga erişilayotganini ta'kidladi.
Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça yirik loyihalarni boşlab bergan Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidenti Islom Karimovning ulkan xizmatlari haqida alohida töxtaldi.
Joriy yilning ötgan 9 oyida viloyatda yalpi hududiy mahsulotning ösişi 106,9 foizni, jumladan, sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 106,8 foiz, xizmat körsatiş hajmi 116,3 foizni taşkil qildi. Qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqariş hajmining 6,4 foizga ösişi ta'minlandi.
Viloyatda amalga oşirilayotgan işlarni qayd etiş bilan birga, galdagi vazifalar, yeçimini kutayotgan muammolar xususida ham atrofliça söz yuritildi.
Qişloq xöjaligini bosqiçma-bosqiç isloh qiliş, fermer xöjaliklari ekin maydonlarini optimallaştiriş asosida yiriklaştiriş, ularning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yanada yaxşilaş lozim. Pirovardida qişloq aholisining daromadi va turmuş darajasini oşiriş, qişloqlar qiyofasini tubdan özgartiriş, zamonaviy infratuzilmalarni yanada rivojlantiriş imkoniyati kengayadi. Bu borada Toşkent viloyatida barça imkoniyatlar mavjud, dedi davlatimiz rahbari.
Poytaxt viloyati yerining unumdorligi, hosildorligi bilan respublikamizning boşqa hududlaridan ajralib turadi. Bu imkoniyatdan samarali foydalaniş uçun yerni haqiqiy dehqonga, fermer bölaman, deb közi yonib turgan mirişkorlarga beriş kerak. Dehqon boy bölsa, davlat boy böladi, dedi Prezidentimiz.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 9 sentabrdagi «2016 − 2018 yillarda Toşkent viloyati şaharlari va tumanlarini kompleks rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi töğrisida"gi qarori poytaxt viloyatini har tomonlama rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etişi alohida qayd etildi.












