Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey Bryusselda bölib ötayotgan YeI sammitini tark etdi. Bu sammitda qirollikning hamjamiyat tarkibidan çiqişi masalasi ham muhokama etilişi belgilangan.

"28 davlat vakillari iştirokidagi sammit yakunlandi. Endi 27 davlat rahbarlari iştirokidagi tuşlik bölib ötadi. Unda Brexit böyiça suhbatlaşiladi", degan YeI kengaşi vakili.

Yevropa Kengaşi binosini tark etgan Mey xonim jurnalistlarga yetakçilar Yevropa mudofaasi va migratsiya masalalarini muhokama etişgani haqida gapirgan. Bundan taşqari, ular Suriya masalasida katta muhokama ötkazişib, Halabdan tinç aholini köçiriş zarurati haqida gaplaşişgan. Buyuk Britaniya boş vaziri Halabdagi vaziyat uçun javobgarlikni Suriya, Rossiya va Eron hukumatlari zimmasiga yuklagan.