AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp mamlakat tarixidagi eng badavlat ma'muriyatni şakllantirdi. Unga bir neça milliarderlar ham kirgan.

"Anadolu" agentligining aniqlaşiça, prezident jamoasining umumiy boyligi deyarli 20 milliard dollarga teng. Trampning şaxsan özi esa 4,5 milliard dollarga egalik qiladi. 

Forbes ma'lumotlariga köra, AQŞ yangi ma'muriyatidagi eng badavlat inson deb – savdo vazirining bölajak örinbosari Todd Riketts hisoblanadi. Chicago Cubs beysbol klubiga egalik qiluvçi bu şaxsning oilasi 5,3 milliard dollarga ega. 

Undan söng oilasi 5,1 milliard dollarga ega bölgan Betsi Devos bormoqda. U ta'lim vaziri etib tayinlanişi mumkin. 

Tramp tomonidan savdo vaziri lavozimiga nomzodi körsatilgan Uilbur Ross esa 2,9 milliard dollarga ega.

AQŞ bölajak ma'muriyatidagi milliarderlar röyxatining eng oxirida Linda MakMexon qayd etildi. U 1,16 milliard dollarga egalik qiladi. 

Tramp tomonidan taşqi siyosatga javobgar şaxs sifatida taniştirilgan Exxon Mobile ijroçi direktori Reks Tillerson 300 million dollarga ega bölsa, Milliy iqtisodiy kengaş rahbari lavozimiga nomzodi körsatilgan Goldman Sachs prezidenti va boşqaruvçi direktori Gari Konda 266 million dollar bor. 

Şuningdek, röyxatdan Stiven Mnuçin (bölajak moliya vaziri – 46 mln dollar), Endryu Pazder (mehnat vaziri – 43 mln), Ben Karson (uy-joy qurilişi va şahar rivojlanişi vaziri – 26 mln), Eleyn Çao (transport vaziri - 22,8 mln), Tom Prays (soğliqni saqlaş vaziri - 13,6 mln), Stiven Bennon (strategik masalalar böyiça boş maslahatçi – 10 mln), Jyeff Seşns (adliya vaziri – 7,5 mln) va Rik Perri (bölajak energetika vaziri – uç million dollar) ham joy oldi.

Foto: Aa.com.tr