16 dekabrda Qozoğistonning butun hududi böylab ommaviy xorijiy internet-servislar işlamay qoldi. Bu haqda Tjournal xabar bermoqda.
Jumladan, Facebook, Google, Instagram va YouTube servislari işlamayapti. Bu servislarning tösatdan tösilişi sababi noma'lumligiça qolmoqda. Qozoğistonning Ostona, Olmaota, Qarağanda va Atirauda yaşaydigan 4 nafar fuqarosining aytişiça, bu servislarga kirişga urinişda "qurilma özini göyoki internetga kiriş yöqdek tutmoqda va ularning tösilişi haqida heç qanday ogohlantiriş çiqmayapti".
"Qozoğistonliklar orasida bu şoşilinç çora muxolif siyosatçi Muxtar Ablyazovning YouTube’da körsatiladigan intervyusi bilan boğliq bölişi mumkinligi taxmini bildirilmoqda", deb aytmoqda internet-naşr.
16 dekabrda Qozoğistonda Mustaqillik kuni nişonlanmoqda.











