Buyuk Britaniyaning Birmingem şahridagi xususiy qamoqxonalardan birida saqlanayotgan 600 ga yaqin jinoyatçi isyon kötargani haqida Sky News telekanali öz manbalariga asoslangan holda xabar qildi.
Ta'kidlanişiça, uşbu hodisada 3 nafar mahbus jabrlangan, ulardan birining ahvoli oğirligi aytilmoqda. Bundan taşqari, qamoqxona hududida yonğin yuz bergani ham xabar qilingan.
Telekanal ma'lumotlariga köra, axloq tuzatiş muassasasida saqlanayotganlardan bir guruhi qöriqçilarning biridan kalitlarni olib qöygaç, qözğolon boşlanib ketgan. Ular maşğulotlar xonasi va qöriqçilar jihozlari turadigan xonani egallab olişgan.
Oradan birmunça vaqt ötgaç, Britaniya politsiyaçilari Birmingem qamoqxonasidagi nazoratni öz qöllariga olişga muvaffaq bölişgani haqida BBC telekanali xabar qildi.
Telekanal maxsus otryadlar 12 soat ötgaç, isyonni bostirişning uddasidan çiqişganiga oydinlik kiritgan. Mahbuslardan biri jaği sinişi oqibatida şifoxonaga olib kelingan.
Ayni vaqtda, qamoqxonaga yetkazilgan zarar örganilmoqda.




















