Halabdagi Katta Masjidning ("Masjiyd-ul-kabir") sönggi suratlari bugungi kunda Asad rejimi tomonidan taşkillaştirilgan yovuzliklar va bombardimonlar maydoniga aylangan şahardagi vayronagarçilik kölamidan dalolat beradi. Bu haqida Daily Sabah naşri ma'lum qildi. 715 yilda Halabda qurilgan uşbu Katta Masjid Ummaviylar masjidi sifatida ham maşhur. U qadimdan islom sivilizatsiyasi va madaniyatining noyob yodgorliklaridan biri hisoblanadi.

Masjid me'morçiligi Şarq va Ğarb madaniyati elementlarini uyğunlaştirib, mintaqaning köhna va boy tarixini özida aks ettiradi. Katta Masjid 1986 yilda YuNeSKO Jahon merosi obekti sifatida qayd etilgan qadimiy Halab hududining bir qismi hisoblanadi. Suriyada davom etib kelayotgan fuqarolik uruşi va Asad rejimi Katta masjidni ham ayab ötirmadi. Masjid minorasi 2013 yilda Asad rejimi hujumi natijasida vayron bölgan. Sönggi suratlar Jahon merosi röyxatiga kirgan obidaga yanada katta ziyon yetganini körsatmoqda.



Halab Suriyadagi fuqarolik uruşining eng qaynoq hududlaridan biri hisoblanadi. Asadning rejimi Suriyadagi taxminan 600 ming kişining ölimiga sabab bölgan, bularning aksariyati bombardimon, otişmalar va kimyoviy hujumlar natijasida öldirilgan tinç aholi qatlamidir. Şunday bölsa-da, Asad rejimi kuçlari sönggi paytlarda Rossiya havo kuçlari hamda Eronning quruqlikdagi minglab şia jangarilari yordamida Halabni qölga olgan muxolifatga qarşi sezilarli muvaffaqiyatlarga erişdi.












