AQŞning saylangan prezidenti Donald Trampning va'da berişiça, uning ma'muriyati iş boşlaganidan keyin, AQŞ taşqi siyosati yangiça yönaliş kasb etadi. 

"Bizning taşqi siyosat yangi yönalişga muhtojlik sezayapti", — degan Tramp, Florida ştatining Orlando şahriga uyuştirgan safari çoğida. Tramp "boşqa davlatlarni qayta quriş örniga, öz mamlakatimizni qayta quramiz", degan fikrini yana bir marotaba takrorlagan.

"Biz bir mamlakatdan ikkinçisiga uzoq vaqt mobaynida mas'uliyatsizlarça bostirib kirdik. Sizlarning aksariyatingiz, öşa davlat haqida avval eşitmagansiz ham. Bu axmoqlik tugaydi! Tramp ma'muriyati, birinçi galda, AQŞ manfaatlari xususida qayğuradi", — deb ta'kidlagan Tramp.

8 noyabrdagi prezidentlik saylovida ğalaba qozongan Donald Tramp kelasi yil 20 yanvarida lavozimini bajarişga kirişadi.