Turkiyaning Kaysari şahrida röy bergan teraktga aloqadorlikda gumon qilinib yetti kişi qölga olindi. Hodisa kamida 13 kişining hayotiga zomin bölgan, deb xabar berdi Turkiyaning Milliyet gazetasi mamlakat IIV rahbari Sulaymon Soylu bayonotiga asosan.

Vazirning xabar berişiça, yana beş kişi qidiruvda. U 13 kişi halok bölgani, 56 nafar inson jarohat olganini tasdiqladi.

Portlaş şanba kuni mahalliy vaqt bilan 08:45 da Erjiyes Universitetiga kiraverişda sodir bölgan. Ma'lumotlarga köra, xudkuş portlovçi moddalar örnatilgan avtomobilda bekatda töxtab turgan avtobusga borib urilgan. Unda esa asosan harbiy xizmatçilar bölgan.

Turkiya prezidentining avval tarqatilgan bayonotiga köra, Kaysaridagi teraktga Kurdiston Işçi partiyasi aloqador bölişi mumkin.