Eronning oliy rahnamosi oyatulloh Ali Hameneiy Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Meyning Eron mintaqaga xavf solişi haqidagi bayonotiga javoban Buyuk Britaniyani "yovuzlik va baxtsizliklar manbai" deb atadi.
Avvalroq Mey "Eron Fors körfazi va Yaqin Şarq davlatlari xavfsizligiga xavf solişini" va "Buyuk Britaniya körfaz davlatlari bilan strategik hamkorlikka töliq sodiqligini va Eron solayotgan xavfga qarşi kuraşiş uçun işlaşda davom etayotganini" aytgan.
"Oxirgi mahal inglizlar beadablarça Eronni mintaqaga xavf deb ataşmoqda. Biroq hamma biladiki, aksinça, inglizlarning özlari doimo xavf, janjallar va baxtsizliklar manbai bölgan", deb aytilgan Hameneiy saytida çop etilgan xabarda. Eron oliy rahnamosi oxirgi 20 yil içida Buyuk Britaniya mintaqa davlatlari uçun "yovuzlik manbai" bölganini aytgan.
Eron taşqi işlar vazirligi Bahraynda ötgan Fors körfazi arab davlatlari hamkorligi kengaşi sammitida Meyning "iğvogar gaplari"ga norozilik sifatida Buyuk Britaniyadan elçisini çaqirtirib olişi ma'lum qilingandi.












