«Çelsi» APL doirasidagi 17-tur uçraşuvida «Kristal Pelas» ustidan ğalaba (1:0) qozondi.

Bu jamoaning joriy mavsumda qölga kiritgan ketma-ket 11-ğalabasi böldi. Natijada jamoa 2009 yilning sentabrida qayd etgan natijasini takrorladi.

«Köklar» boş murabbiyi Antonio Konte esa premer-liga murabbiylari içida debyut mavsumidayoq 17 uçraşuvda 14ta ğalaba qozongan  ilk murabbiyga aylandi.

17 turdan keyin «Çelsi» «Liverpul» va «Arsenal»ni bitta köp uçraşuv ötkazgan holda 9 oçkoga ortda qoldirib ketmoqda.