Fransiya çempionatining 18-turida navbatdagi sensatsion natija qayd etildi.

Öz uyida «PSJ»ni qabul qilgan «Gengam» amaldagi çempion ustidan ğalaba qozondi. Sniya Salibur va Nill de Po tomonidan kiritilgan gollarga Edinson Kavani bir marotaba javob bera oldi xolos. Natijada parijliklarning çemionatdagi ketma-ket ğalabasiz öyinlari soni 3taga yetdi.

Uşbu muvaffaqiyatsizlikdan keyin «PSJ» 36 oçko bilan 3-örinda qolmoqda. Jamoa peşqadam «Nitstsa»dan bitta öyin köp ötkazgan holda 4 oçko ortda qolmoqda. «Gengam» esa ğalabadan keyin oçkolari sonini 29taga yetkazib oldi va 4-poğonagaça kötarildi.

Fransiya 1-divizioni. 18-tur

Gengam – PSJ 2:1 (0:0)
Gollar: 1:0 – 66 Salibur, 2:0 – 70 de Po, 2:1 – 80 Kavani.
Gengam: Yunsson, Kerbra, Marsal, Ikoko, Sorbon, Diallo, Do, Koko, de Po (Dido, 79), Salibur, Brian.
PSJ: Areolya, Tiago Silva, Kurzava, Ore, Markinos, Matyuidi, Motta (Krixovyak, 46), Nkunku (Ogyusten, 72), Verratti, Di Mariya (Lukas Moura, 62), Kavani.