Lilldan Bryusselga ketayotgan Eurostar tezkor poyezdining 450 yölovçisi ikki kimsa sababli ikki soatga yaqin vagon içida qamalgan holda qolib ketişdi, deb ma'lum qildi RTL-tvi telekanali.
Voqea 16 dekabr keçki payt yuz bergan, biroq u haqda 17 dekabrda ma'lum bölgan.
Telekanal ma'lumotlariga köra, poyezd maşinisti poyezd ustiga ikki noma'lum kimsa çiqib olganini körgaç, poyezdni favqulodda töxtatib, xavfsizlik çorasi sifatida uni elektr ta'minotidan uzib qöygan. Politsiyaçilar bezorilarni tuta olmaganlar.
Qoronğida qolib ketgan yölovçilarga adyollar berilgan, ular orasida sarosima kötarilmagan.
Bezorilarni topiş samara bermagaç, poyezd Lillga qaytgan. Yölovçilarga Eurostar kompaniyasidan mehmonxonada tunni bepul ötkaziş, ularni uylarigaça taksida yoki oddiy poyezdda Bryusselgaça yetkazib qöyiş taklif qilingan. Şuningdek, çiptalar narxi miqdorida tovon puli tölaş kafolatlangan.

















