Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Turkiya va Eron taşqi işlar vazirlari Mavlud Çovuşöğlu va Javad Zarif bilan telefon orqali muloqot ötkazdi. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vazirligida ma'lum qilindi.
"Vazirlar Halabning şarqiy qismi ozod qilingani va şahardan tinç aholining evakuatsiya qilingani kontekstida Suriyadagi vaziyatni va uning boşqa hududlaridagi tinç aholining ahvolini yengillaştiriş vazifalarini muhokama qildilar", deb aytildi vazirlik xabarida.
Uç davlat taşqi işlar vazirlari Suriyadagi barça muhtojlarga gumanitar yordam körsatiş böyiça xalqaro hamjamiyat sa'y-harakatlarini davom ettiriş va Suriyada keng kölamli siyosiy tartibga solişga ötişda kömak körsatiş muhimligini aytişdi.
Bundan taşqari, Rossiya, Turkiya va Eron taşqi işlar vazirlari yaqin orada uçraşişga kelişib olganlar.












